Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Talabalar uchun o‘qishni ko‘chirish testlari 18–19 avgustda o‘tadi

Talabalar uchun o‘qishni ko‘chirish testlari 18–19 avgustda o‘tadi

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish testlari ikki kun davomida ikki smenada o‘tkaziladi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalarni qabul qilish jarayoni 15 iyuldan boshlanib, 5 avgustga qadar davom etgan edi. 18–19 avgust kunlari esa xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Testlar ikki smenada tashkil etiladi: birinchi smena 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchisi esa 15:00 dan 18:00 gacha. Sinovlar ikki mutaxassislik va uch majburiy fan bo‘yicha o‘tkazilib, talabgorlarga jami 90 ta savol beriladi — mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan. Ishlash va javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar testda ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan olishlari kerak. Binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmasdan, pasport yoki ID karta hamda ruxsatnoma bilan kelish talab etiladi.

Agentlik testlar tartibini aniq belgilaganini va barcha ishtirokchilardan belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilish talab etilishini qo‘shimcha qildi.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining buyrug‘iga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yili uchun o‘tish ballari tasdiqlangan. Bu talabalarning davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chish jarayonida asosiy mezon hisoblanadi.

Kiritildi: 18:01 13.08.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!