Nashrning xabar berishicha, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya BMTga agar Eron yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro hamjamiyat bilan muzokaralarga qaytmasa, unga qarshi sanksiyalarni tiklashga tayyor ekaniini ma’lum qilgan.
"Agar Eron 2025 yil avgust oyi oxirigacha diplomatik yechimga erishishni istamasa yoki uzaytirish imkoniyatidan foydalanmasa, biz tezkor mexanizmni ishga tushirishga tayyorligimizni aniq ma’lum qildik", deyiladi ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirlari maktubida.
Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya o‘tgan oyda Turkiyadagi muzokaralarda Eronga agar Tehron sentyabrgacha AQSh bilan muzokaralarni va Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni qayta tiklashga rozi bo‘lsa, avgust oyidagi muddatni uzaytirishi mumkinligini aytgandi. Agar bu amalga oshirilmasa, Yevropa davlatlari BMT Xavfsizlik kengashining Tehronga qarshi barcha sanksiyalarini tiklashi aytilgandi.