Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Isroil armiyasi G‘azoni to‘liq okkupasiya qilish uchun 200 000 nafar rezervistni chaqirishni rejalashtirmoqda

Isroil armiyasi G‘azoni to‘liq okkupasiya qilish uchun 200 000 nafar rezervistni chaqirishni rejalashtirmoqda

Isroil Qurolli Kuchlari bosh shtabi rahbari Eyal Zamirning ma’lum qilishicha, G‘azo sektori ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish uchun taxminan 200 000 nafar rezervistni safarbar qilish talab etiladi. Bu haqda Isroilning KAN davlat teleradiokanali xabar berdi.

Zamirning so‘zlariga ko‘ra, bu rejani amalga oshirish katta miqdordagi logistik va gumanitar infratuzilmani talab qiladi, ammo ayni paytda armiyada bunday imkoniyatlar mavjud emas.

«Aholini ko‘chirish uchun fuqarolik infratuzilmasi yo‘q, shifoxonalarni o‘zimiz qurishimiz va gumanitar yordam yetkazishimizga to‘g‘ri keladi», — dedi Zamir.

Xabarlarda qayd etilishicha, reja fuqarolarni G‘azo sektori janubiga majburiy ko‘chirish, G‘azo shahrini o‘rab olish va yer osti jang operasiyalarini kengaytirishni o‘z ichiga oladi.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan buyon Isroilning hujumlari natijasida 61 200 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabrda Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga qarshi genosid va urush jinoyatlari ayblovi bilan hibsga olish orderi chiqargan.

Kiritildi: 15:25 13.08.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!