Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Engil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Engil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Jahonda savdo qoidalarining tez o‘zgarishi yoki logistikadagi uzilishlar to‘xtamayotgani sharoitida to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirishga alohida yondashuvlar zarurligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Prezidentimiz Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinishini e’lon qildi. Agentlik to‘qimachilik, charm va ipak sanoatiga mas’ul bo‘ladi.

Agentlikka investisiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi.

Agentlik qoshida tajribali tadbirkorlardan iborat kengash tashkil qilinadi. Agentlikning alohida jamg‘armasi bo‘ladi, davlat ko‘magi, shuningdek to‘qimachilik korxonalariga arzon aylanma mablag‘ shu jamg‘arma orqali beriladi. Jamg‘armaga 200 million dollar ajratiladi.

Kiritildi: 15:22 13.08.2025. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!