Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘arbiy sohilda 200 dan ortiq timsohni yo‘q qildi

Isroil G‘arbiy sohilda 200 dan ortiq timsohni yo‘q qildi

Isroil harbiylari G‘arbiy sohilda joylashgan Petsael qishlog‘i yaqinidagi fermada kamida 200 ta timsohni o‘ldirdi. Bu haqda bir necha mahalliy va xalqaro nashrlar xabar berdi.

Ferma egasi, isroillik Denni Bitanning aytishicha, u yerda taxminan 800 ta timsoh bor edi va u ularni xorijga ko‘chirishni rejalashtirayotgandi. Ammo bu rejalar G‘azodagi urush sabab to‘xtatilgan. Bitanning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar fermaga kirib, timsohlarni shunchaki o‘ldirib ketishgan.

1990-yillarda tashkil etilgan mazkur ferma sayyohlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, timsoh terisini yetkazib berish bilan ham shug‘ullangan. Ammo 2013 yilda nil timsohlari himoya ostiga olingach, ferma faoliyati to‘xtab, sharoitlar og‘irlashgan. Bu, ayni paytda, timsohlar orasida kannibalizm holatlariga ham olib kelgan.

Joydan olingan videolavhalarda o‘ldirilgan timsohlar tanasi va gilzalar ko‘ringan. Ferma boshqaruvchisiga ko‘ra, tintuv paytida uning telefoni musodara qilingan, Bitan bilan bog‘lanishiga to‘sqinlik qilingan.

Isroilning “Let the Animals Live” nomli jamoatchilik tashkiloti buni qonli va noqonuniy qatl deb baholadi hamda javobgar shaxslarga nisbatan tergov o‘tkazishni talab qildi.

Kiritildi: 15:11 13.08.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!