Mamlakat Prokuraturasi Kimning dalillarni yo‘q qilish va tergovga aralashish xavfi tufayli hibsga olinishini so‘ragandi, dedi maxsus prokuratura guruhi vakili. Maxsus prokurorning tergovi sobiq prezident Yun Sok Yolning turmush o‘rtog‘iga qarshi jami 16 ta jinoiy ayblovga qaratilgan.
Kim Janubiy Koreyaning hibsga olingan ilk sobiq birinchi xonimi bo‘ldi. Unga qo‘yilgan ayblovlar ko‘p yillik qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. Kim 2009 yildan 2012 yilgacha Janubiy Koreyadagi BMW dileri bo‘lgan Deutsch Motors kompaniyasining aksiyalar narxini manipulyasiya qilish sxemasida ishtirok etganlikda, 2022 yilgi parlament saylovlari va 2024 yilgi umumiy saylovlarga nomzodlarni ko‘rsatish jarayoniga aralashganlikda ayblanyapti.
Kim, shuningdek, diniy guruhdan biznes manfaatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish evaziga pora sifatida umumiy qiymati 20 million von bo‘lgan ikkita Chanel sumkasi va olmos marjonni qabul qilganlikda ayblanmoqda.
Uning turmush o‘rtog‘i o‘tgan yilning dekabr oyida harbiy holat joriy etganidan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Yun Sok Yol ham hozirda hibsda. Yun davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib sudlanmoqda, bu esa umrbod qamoq yoki hatto o‘lim jazosiga olib kelishi mumkin.