"Tramp ma’muriyati tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan yangi “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi to‘rtta mudofaa bosqichidan iborat bo‘ladi — bittasi sun’iy yo‘ldosh orqali, uchtasi esa yer ustida. Tizim Qo‘shma Shtatlarning materik qismi, Alyaska va Gavayida joylashtiriladigan 11 ta qisqa masofali batareyani o‘z ichiga oladi", deya xabar bermoqda Reuters manbalariga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 175 milliard dollarga baholanmoqda. Biroq zarur bo‘ladigan uchirish moslamalari, tutib oluvchi raketalar, yer usti stansiyalari va raketa maydonchalari soni borasida hali aniq qaror yo‘qligi ta’kidlangan.
"Hozirgi paytda AQSh Kongressi mazkur loyihaga iyul oyida qabul qilingan byudjet qonuni doirasida 25 milliard dollar ajratgan. Trampning 2026 yilgi prezident byudjeti so‘roviga esa qo‘shimcha 45,3 milliard dollar kiritilgan", deyiladi agentlik xabarida.