Starlink rasmiy ravishda 2025 yil 13 avgustdan Qozog‘iston Respublikasida sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini taqdim qila boshladi.
Bu haqda Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.
Endi qozog‘istonliklar Starlink past orbitali sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali yuqori tezlikdagi va ishonchli internetdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Departament 2025 yil 12 iyun kuni Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi va Starlink o‘rtasida kompaniyaning xizmatlar ko‘rsatishda Qozog‘iston qonunlariga rioya qilish majburiyatini ta’minlovchi shartnoma imzolanganini eslatib o‘tdi.
"Starlink texnologiyasi eng chekka va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ham barqaror ulanishni ta’minlab, aholi uchun zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ochib beradi", — deyiladi vazirlik xabarida.