"Bu suhbat prezident Trampni vakili Stiv Uitkoffning Moskvaga tashrifidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Biz va hamkorlarimizning pozisiyamiz aniq: bu urush tugashi kerak va bu adolatli tarzda bo‘lishi lozim. Yevropa yetakchilari ham mazkur suhbatda ishtirok etishdi, ularning har biriga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz Moskvada aytilgan masalalarni muhokama qildik", — deb yozdi Ukraina prezidenti Telegram kanalida.
Avvalroq, Axios nashri Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi telefon muloqoti boshlanishi, unda Putin va Uitkoff uchrashuvi natijalarini muhokama qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.