Saudi Aramco kompaniyasi joriy yil ikkinchi chorakdagi sof foydasi 22 foizga kamayganini ma’lum qildi.
Dunyoning eng yirik neft eksportchisi hisoblangan kompaniya yakunlangan uch oyda 22,7 mlrd dollar sof foyda ko‘rdi.
Saudiya hukumati Aramco aksiyalarining 81,5 foizini bevosita, yana 16 foizini esa davlat investisiya fondi orqali nazorat qiladi. Kompaniya o‘tgan yili qirollik daromadlarining 62 foizini ta’minlagan.