Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindiston Tramp bojlari sabab Rossiya neftidan voz kechmaydi

Hindiston Tramp bojlari sabab Rossiya neftidan voz kechmaydi

Hindiston Rossiya neftini xarid qilishdan voz kechishi dargumon, chunki u Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari uchun Amerikaniga qaraganda o‘z tarkibi bo‘yicha yaxshiroq mos keladi, deya yozadi RIA Novosti ekspertlar fikriga tayanib.

“Finam” tahlilchisi Nikolay Dudchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning Rossiyadan neft olishni to‘xtatishi ehtimoli juda kam. Rossiya Hindistonga katta hajmda neft yetkazib beradi.

“Rossiya ulushi 40 foizdan ziyod (sutkasiga 2,2 mln barrel). Ikkinchi sabab – neft tarkibi. Masalan, AQShdagi neftning og‘ir va o‘rta navlari qazib olishning umumiy hajmidan qariyb 10 foizini tashkil etadi (sutkasiga 1,5 mln barrel). Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari o‘rtacha bo‘lgan “Urals” neftiga mo‘ljallangan”, - dedi ekspert.

AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvga erishilmasa, Rossiyaga tovarlariga va Rossiya neftini xarid qilayotgan mamlakatlarga qarshi 100 foiz boj joriy etishini ma’lum qilgandi.

Bundan keyin Tramp Hindiston Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishni rejalashtirayotganidan xabardorligini ham ma’lum qilgandi. Shu bilan birga Hindistonning “Mint” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft xarid qilishni davom ettirayotganini yozdi.

Kiritildi: 21:55 05.08.2025. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!