Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Ganada maymun chechagi kasalligi avj olmoqda

Ganada maymun chechagi kasalligi avj olmoqda

Gana hukumati maymun chechagi (Mpox) bilan kasallanishning 20 ta yangi holatini qayd etdi, bu bilan may oyidan beri kasallanganlar soni 302 taga yetdi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.

Gana Sog‘liqni saqlash xizmati (GHS) ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan hafta boshlanganidan beri holatlar sonining eng katta o‘sishidir. Bundan tashqari, epidemiologik yangilanishda muhim burilish qayd etildi: virus ilgari hech qanday o‘limga olib kelmagan bo‘lsa-da, birinchi o‘lim 28 iyul kuni qayd etilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, virus asosan kasal odam bilan yaqin jismoniy aloqa orqali yuqadi. Rasmiylar jamoatchilikni ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishga va har qanday alomatlar haqida darhol xabar berishga chaqirdi.

Joriy yilning ilk Mrox holatlari Ganada 19 may kuni to‘rt kishida aniqlangan. O‘shandan beri hukumat virus tarqalishining oldini olish maqsadida yuqori xavfli guruhlar uchun emlash kampaniyasini o‘tkazmoqda.

Joriy yilning boshida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat sifatida baholashda davom etishini e’lon qildi.

Kiritildi: 21:37 05.08.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!