Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

"Hindiston AQShga to‘laydigan bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada oshiraman"

"Hindiston AQShga to‘laydigan bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada oshiraman"

AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonga bojlarni "sezilarli darajada" oshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. U Nyu-Dehlini Rossiyadan neft sotib olib, uni yuqori narxlarda qayta sotishda aybladi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Tramp Hindiston Rossiyadan nafaqat katta miqdorda neft sotib olishini, balki uning bir qismini ochiq bozorda katta narxda qayta sotishini aytdi

“Shuning uchun men Hindiston AQShga to‘laydigan bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada oshiraman”, – deb yozgan AQSh prezidenti.

U, shuningdek, Hindistonni “Rossiya Ukrainada qancha odam o‘ldirganiga ahamiyat bermaslikda” aybladi.

Avvalroq, Tramp Hindiston va Xitoyni Rossiya energetikasining eng yirik importchilari deb atagan va 1 avgustdan boshlab Hindistonga 25 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 20:25 05.08.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!