Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Pokiston tarixda ilk bor Eronga dengiz yo‘nalishi uchun lisenziya berdi

Pokiston tarixda ilk bor Eronga dengiz yo‘nalishi uchun lisenziya berdi

Pokiston hukumati o‘z tarixida ilk marta xalqaro dengiz tashuvchi kompaniyaga Eron bilan bog‘lovchi dengiz yo‘nalishini ochish uchun lisenziya berdi.

Bu haqda Pokistonning dengiz ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Junayd Anvar Chaudhriy dushanba kuni e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Sea Keepers" kompaniyasiga Pokiston, Eron va Persh ko‘rfazi hamkorlik kengashi (PGCC) mamlakatlari o‘rtasida dengiz yo‘llari orqali qatnov tashkil qilish huquqi berilgan.

Qaror dengiz ishlari, mudofaa, tashqi ishlar va ichki ishlar vazirliklari, shuningdek, Pokiston Milliy dengiz kompaniyasi va port ma’muriyatlari vakillari ishtirokidagi yuqori darajadagi yig‘ilishda tasdiqlangan.

Chaudhriy ushbu tashabbusni Pokistonning milliy dengiz siyosatidagi muhim qadam deb atadi va mintaqaviy aloqalar, diniy turizm va iqtisodiy faollikni rivojlantirishda dengiz yo‘llarining ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Yangi dengiz qatnovi har yili yuz minglab yo‘lovchilarga, ayniqsa Eron va Iroqqa ziyoratga boradigan hojilar, PGCC mamlakatlariga ishchi va sayyohlar uchun xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:34 05.08.2025. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!