Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasida vositachilik qilmoqda

Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasida vositachilik qilmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi kelishmovchilikni yumshatish maqsadida vositachilik rolini o‘tamoqda. Bu haqda Times of Israel nashriga tayanib Report xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Netanyaxu va Putin o‘rtasidagi ayrim telefon suhbatlari ommaga ma’lum bo‘lgan, ammo boshqa aloqalar maxfiy saqlanmoqda.

Bu ma’lumotlar Trampning Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevning shov-shuvli bayonotlariga javoban AQShning ikki ta atom suvosti kemasini "muvofiq hududlarga" yo‘naltirish buyrug‘ini berganidan so‘ng paydo bo‘ldi.

Shuningdek, Tramp Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi otashkesim bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoffni Moskvaga yuborishini aytgan. Agar muzokaralarda ilgarilash bo‘lmasa, yangi iqtisodiy sanksiyalar kiritilishi bilan tahdid qilgan.

Tramp avvalroq muzokaralar uchun 50 kunlik muddat bergan edi, ammo yaqinda uni 10 kunga qisqartirdi. Bu muddat joriy juma kuni tugaydi.

Kiritildi: 17:23 05.08.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!