Yaponiya Avstraliya uchun 10 milliard avstraliya dollari (taxminan 6,5 milliard AQSh dollari) qiymatidagi harbiy kemalarni qurish bo‘yicha tarixiy shartnomani qo‘lga kiritadi. Bu 2014 yilda Yaponiya harbiy eksport taqiqini bekor qilganidan beri eng yirik mudofaa shartnomasi hisoblanadi.
Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Report xabar berdi.
Shartnoma 2026 yilda imzolanishi kutilmoqda. U Mitsubishi Heavy Industries, Yaponiya va Avstraliya hukumatlari o‘rtasida tuziladi.
Shartnoma doirasida:
2029 yildan boshlab Yaponiyada uchta zamonaviy Mogami sinfidagi ko‘p maqsadli fregat qurilib, Avstraliya Qirollik harbiy-dengiz kuchlariga yetkazib beriladi;
Yana sakkizta fregat esa Avstraliyaning o‘zida quriladi.
Avstraliya ushbu kemalarni Hind va Tinch okeanidagi strategik dengiz savdo yo‘llari hamda shimoliy chegaralarini himoya qilish maqsadida joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu hududlarda Xitoyning harbiy ta’siri kengayayotgani ta’kidlanmoqda.