Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati mahalliy bo‘limining xabar berishicha, 30 iyul kuni yuz bergan 8,8 balli zilzila natijasida Kamchatka yarimorolining janubiy qismi janubi-sharq tomonga siljigan.
"Orolning janubida seysmik siljishlar deyarli ikki metrni tashkil etgan, bu 2011 yilda Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasidagi siljishlarga tengdir", deyiladi xizmat xabarida.
Seysmologlarning aytishicha, Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrining siljishi “biroz kamroq bo‘lgan”, biroq bu bo‘yicha aniq raqamlar keltirilmagan.