Bu haqda Axios xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Axios'ga telefon orqali bergan intervyusida G‘azo sektori aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash rejasini ishlab chiqayotganini aytdi va ularga zudlik bilan yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Tramp G‘azodagi vaziyatdan tashvishda ekanini bildirdib, HAMASni gumanitar yordamni o‘g‘irlash va qayta sotishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlar gumanitar inqirozni yanada kuchaytirmoqda.