Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Luka Modrich: “Men Chempionlar Ligasini "Barsa"dan ko‘proq yutganman”

Luka Modrich: “Men Chempionlar Ligasini "Barsa"dan ko‘proq yutganman”

"Barselona" yozda o‘n uch yillik faoliyatidan so‘ng "Real"ni tark etgan Luka Modrich ustidan kuldi.

Klub TV efirida kataloniyaliklar o‘tgan mavsumda "Barselona"ga Ispaniya kubogini yutishda yordam bergan Modrichning xatosi ustidan kulishdi.

Luka bunga javob berdi.

"Men Chempionlar Ligasida ular tarixidagiga qaraganda ko‘proq g‘alaba qozondim. Ular nima deyishsa ham menga farqi yo‘q," - deya javob berdi Modrich.

Luka Modrich "Real" safida olti marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. "Barselona" o‘z tarixida 5 marta Yevropa chempionlari kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 18:00 01.08.2025. O'qildi: 1282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!