Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Eronda jangarilar sud binosiga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Eronda jangarilar sud binosiga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Erondagi sud binosiga amalga oshirilgan hujum natijasida 6 kishi, jumladan bir ayol va bir chaqaloq halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda Tasnim.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Eronning janubi-sharqidagi Zohidon shahrida noma’lum qurollangan jangarilar sud binosiga bostirib kirib, o‘q uzishgan va portlashlar sodir etishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud binosi tashqarisida ham otishmalar bo‘lgan, bino atrofidagi yo‘lovchilar ham o‘qqa tutilgan.

Sud binosiga beluj terrorchilari hujum qilgan. Qurbonlar — 6 nafar, jarohatlanganlar — 22 nafar. O‘ldirilganlarning uch nafari — sud binosi qo‘riqchilari. Shuningdek, uch terrorchi o‘ldirilgan.

«Jaysh al-Adl» terrorchilar guruhi hujumni o‘z bo‘yniga oldi — belujlarni o‘limga hukm qilgan va ularning uylarini buzdirgan sudyalardan o‘ch olish maqsadida terakt amalga oshirilgan.

Kiritildi: 20:06 26.07.2025. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!