Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Homilador talabalarning stipendiyasiga pul qo‘shiladi

Homilador talabalarning stipendiyasiga pul qo‘shiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin talabalar uchun homiladorlik nafaqasini mintaqaviy yashash minimalining 100 foiziga oshirilishi bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi.

Oldin nafaqa 140 kunlik mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo‘yicha stipendiya miqdorini tashkil etar edi. Bu esa homiladorlik va tug‘ish ta’tili davomida 9,3 ming rubldan 23,3 ming rublgachani tashkil etardi. Yangi qonun nafaqa o‘rtacha miqdorini 90,2 ming rubl qilib belgilaydi.

Bu kasb-hunar ta’limi, qo‘shimcha kasbiy ta’lim va oliy ta’lim muassasalarda o‘qiyotgan talabalar uchun qo‘llaniladi. Bari federal byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 06:51 26.07.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!