Germaniya Yevropadagi eng qudratli armiyani shakllantirish uchun 2031 yilgacha har yili 40 ming nafargacha yangi rezervchilarni yollashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Financial Times.
Qonun loyihasiga ko‘ra, ko‘ngillilar olti oylik harbiy tayyorgarlik uchun 2000 yevro oladi, shundan so‘ng ular avtomatik ravishda zahiradagilar ro‘yxatiga kiritiladi. Kurs davomida ular til kurslarida ham qatnashishlari va haydovchilik guvohnomasini olishlari mumkin bo‘ladi.
2025 yildayoq Bundesver bu sonni asta-sekin oshirib, 15 ming kishini yollash niyatida.
Rasmiylar zahiradagi askarlarning ko‘pchiligi kelajakda professional askar sifatida kasb tanlashiga umid qilmoqda. Ayni paytda Germaniya armiyasida 182 mingga yaqin kishi xizmat qilmoqda, rejaga ko‘ra 260 mingga yetkazish ko‘zda tutilgan.