Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshlarini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchish

Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshlarini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchish

Vladimir Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshlarini oshirish uchun Yevropa ittifoqidan moliyaviy yordam so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus ko‘proq askarlarni yollashga yordam berishi kutilyapti.

Bu haqda Bloomberg Zelenskiyning jurnalistlar bilan suhbat chog‘idagi bayonotiga tayanib yozmoqda.

“Avvalroq yevropaliklar harbiy xizmatchilarimiz maoshlarini moliyalashtirishni rad etishgan, faqat qurollar uchun mablag‘ ajratishgan. Bizning harbiy xizmatchilarimizning o‘zi hammani himoya qiladigan qurol bo‘la oladi”, deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibor keltirgan Bloomberg agentligi.

Zelenskiy moliyaviy masalani allaqachon Ursula fon der Lyayen, Mark Ryutte, Emmanuel Makron, Kir Starmer va AQSh vakillari bilan muhokama qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, gap shunchaki qo‘llab-quvvatlash haqida emas, balki umumiy xavfsizlikka yo‘naltirilgan sarmoya haqida bormoqda.

Kiritildi: 20:55 25.07.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!