Bu haqda WSJ xabar bermoqda
"Biroq hujjatlarda ismning tilga olinishi qonunbuzarlik alomati emas. Ushbu ishda Epshteyn bilan aloqada bo‘lgan yuzlab mashhur shaxslar tilga olingan", deya yozmoqda gazeta.
Adliya vazirligi Epshteyn ishiga doir surishtiruv materiallarining qo‘shimcha qismlarini e’lon qilishni rejalashtirmayapti, chunki hujjatlarda bolalar pornografiyasi va jabrlanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari mavjud. Tramp bu pozisiyani qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq CNN telekanali Trampning Epshteyn bilan yaqin tanish bo‘lganini tasdiqlovchi surat va videolarni e’lon qilgandi.
Demokratlar Epshteyn ishiga doir barcha materiallarni e’lon qilishni talab qilmoqda. Respublikachilar bunga to‘sqinlik qilish uchun Kongressni muddatidan oldin ta’tilga chiqarib yubordi.