Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Hindiston firmasi Rossiyaga portlovchi moddalar, Xitoy esa dronlar uchun dvigatellar yetkazib bermoqda

Hindiston firmasi Rossiyaga portlovchi moddalar, Xitoy esa dronlar uchun dvigatellar yetkazib bermoqda

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlikning bojxona ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Hindiston kompaniyalaridan biri Rossiyaga 1,4 million dollarlik oktogen (portlovchi modda) yetkazib bergan. Yukni Rossiyaning “Promsintez” kompaniyasi qabul qilgan. Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari ushbu korxonaga dronlar orqali hujum qilgan, Kiyev bu kompaniyani “harbiy korxona” deb atagan edi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi eksport nazorat ostida amalga oshirilishini va mamlakat yadro va qurol tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro majburiyatlariga amal qilayotganini bildirgan. AQSh Davlat departamenti Reuters'ga bergan izohida Hindiston kompaniyalariga harbiy yetkazib berish faoliyati sanksiyalar xavfini tug‘dirishini bir necha bor bildirganini ta’kidlagan, ammo aynan oktogen masalasiga izoh bermagan.

Reuters'ning yana bir surishtiruvida aniqlanishicha, Rossiya Xitoydan “Garpiya-A1” kamikadze dronlari uchun dvigatellarni olib kelishda davom etmoqda. Ular Xitoydan “sanoat sovitish qurilmalari” deb ko‘rsatilgan soxta yorliqlar ostida, muqobil firmalar orqali yashirincha yetkazib berilmoqda.

Ushbu dronlarni Ijevskdagi “Kupol” elektromexanik zavodi ishlab chiqarmoqda — bu korxona “Almaz-Antey” davlat konierni tarkibiga kiradi. 2025 yilda “Kupol” Rossiya Mudofaa vazirligiga taxminan 6000 dona zarba beruvchi dron topshirishi kerak.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bu borada hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirgan hamda ikki maqsadli mahsulotlar eksporti nazorat qilinayotganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 20:57 24.07.2025. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!