UFC chempioni Iliya Topuriya 2026 yil Oq uyda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan UFC turnirida Islam Maxachev bilan jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
"Men AQSh xalqi oldida jang qilishni judayam istardim. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Islam bilan qaysi vazn toifasida jang qilishimizning farqi yo‘q. Ammo agar sen vazn toifangni ko‘targan bo‘lsang, endilikda qayta tushging kelmaydi", — dedi Topuriya.