Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

MAGATE delegasiyasi Eronga tashrif buyurmoqchi

MAGATE delegasiyasi Eronga tashrif buyurmoqchi

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) texnik delegasiyasi yaqin ikki-uch hafta ichida Eronga tashrif buyurishini ma’lum qildi, deya xabar beradi IRNA.

Tashrifdan maqsad Eron va Agentlik o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik yo‘llarini muhokama qilishdir.

AQSh matbuotiga bergan intervyusida G‘aribobodiyning qo‘shimcha qilishicha, Eron Atom energiyasi tashkiloti Isroil va AQShning tegishli hujumlari natijasida mamlakat yadroviy inshootlariga yetkazilgan zararni baholamoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Eronning juma kuni Yevropaning uchta davlati bilan uchrashuvini juda muhim deb atadi va uchta Yevropa davlati vakillari avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi bilan bog‘lanib, vaziyatni hal qilish yo‘lini topishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:05 24.07.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!