Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Amurda An-24 samolyoti halokatida vafot etganlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi

Amurda An-24 samolyoti halokatida vafot etganlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi

Rossiyaning Amur viloyatida An-24 samolyoti halokati oqibatida vafot etganlarni yod etish maqsadida uch kunlik motam e’lon qilindi.

Report nashri ma’lumoticha, bu haqda viloyat gubernatori Vasiliy Orlov rasman ma’lum qildi.

Motam 25, 26 va 27 iyul kunlari davom etadi. Shu kunlarda viloyat hududidagi barcha binolarda davlat bayroqlari tushiriladi.

«Bu dahshatli falokat 48 insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Yana bir bor marhumlarning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etaman. Butun viloyat sizning dardiingizni birga his qilmoqda», — dedi Orlov.

OAV xabariga ko‘ra, halokatga uchragan reysda bo‘lishi kerak bo‘lgan bir ayol nabirasining holati yomonlashgani sabab uyda qolishga qaror qilgan. Bu tasodif uning hayotini saqlab qolgan.

Kiritildi: 18:47 24.07.2025. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!