Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Eron AEXA bilan yadroviy dastur bo‘yicha hamkorlikni qayta boshlamoqchi

Eron AEXA bilan yadroviy dastur bo‘yicha hamkorlikni qayta boshlamoqchi

Eron yadroviy dasturining ayrim ob’ektlariga xalqaro kuzatuvchilarni qaytarish masalasini muhokama qilish niyatida. Bu Tehron yadroviy ambisiyalarini nazorat qilish va sanksiyalarni to‘xtatib turishga olib kelishi mumkin.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Eron Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) bilan hamkorlikni qayta tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu orqali AQSh va Isroil hujumlaridan so‘ng mamlakat yadroviy salohiyatining qay darajada saqlanib qolganini aniqlash va diplomatik yechimga yo‘l ochish mumkin bo‘ladi.

Nyu Yorkda jurnalistlar bilan suhbatda Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy Tehronda AEXA delegasiyasini qabul qilish rejalanganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, muzokaralarda Eron yadroviy ob’ektlarida monitoringni qayta tiklash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, juma kuni Eron va Yevropa davlatlari Iron—AQSh yadroviy muzokaralarini qayta tiklash istiqbollarini muhokama qiladi. Britaniya, Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari agar Eron Tramp ma’muriyati bilan aloqalarni qayta tiklasa va AEXA bilan hamkorlikni boshlasa sanksiyalarni kechiktirish mumkinligini rasmiy Tehronga ma’lum qilgan. Aks holda, 2015 yildagi yadroviy kelishuv asosida bekor qilingan sanksiyalar avgust oxirida tiklanishi mumkin.

AQSh va Isroilning bombardimonlari ortidan Pentagon Eronning yadroviy dasturi ikki yilga ortga surilganini ma’lum qilgan. Ammo yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarining haqiqiy ahvoli hamon noaniq. Isroil rasmiylarining ta’kidlashicha, Isfahondagi zavoddagi asosiy zaxiralar hujumlardan so‘ng ham saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

Eronning xalqaro inspektorlarga qanday miqyosda ruxsat berishiga qarab, AEXA va G‘arb davlatlari uran zaxiralari, boyitish darajasi va umumiy yadroviy faoliyat holati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa yangi kelishuvga olib kelishi yoki sanksiyalarning tiklanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Kiritildi: 17:33 24.07.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!