Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tashabbuslaringiz va ijobiy siyosatingiz butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda — Sadir Japarov

Tashabbuslaringiz va ijobiy siyosatingiz butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda — Sadir Japarov

Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman!

Sizning uzoqni ko‘ra biladigan qat’iy rahbarligingiz tufayli O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilarli o‘zgarishlarga erishdi, xalqaro maydonda o‘z mavqeini salmoqli darajada mustahkamladi.

Siz boshlagan islohotlar - davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, yoshlar va xotin-qizlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, hududlarni rivojlantirish, qo‘shni mamlakatlar bilan yaqin aloqalarni mustahkamlash o‘z samarasini bermoqda.

Tashabbuslaringiz va ijobiy siyosatingiz nafaqat qardosh O‘zbekiston xalqiga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qirg‘iz Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ruhini mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissangiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

O‘rtamizdagi do‘stona munosabatlarimizni, ochiq va ishonchli muloqotimizni ham alohida qadrlayman.

Qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqin va do‘stona munosabatlar, shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib, rivojlanib borishiga ishonchim komil.

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va porloq kelajak tilayman.

Chuqur hurmat bilan,

Sadir Japarov,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti

Kiritildi: 17:12 24.07.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!