"Ukraina Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralarda avgust oxirigacha Rossiya tomoniga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida Zelenskiy hamda Vladimir Putinning uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi", — deya ma’lum qildi Ukraina delegasiyasi rahbari Rustem Umerov muzokaralar yakunida jurnalistlarga.
"Ukraina to‘liq va dastlabki shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishni samarali diplomatiya uchun zaruriy asos sifatida talab qilishda davom etadi", — dedi Umerov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga va tinchlik muzokaralarini boshlashga tayyor.
"Biz o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidlaymiz. Bu fuqarolik ob’ektlari va muhim infratuzilmalarga zarbalarni to‘liq to‘xtatishni o‘z ichiga olishi lozim", — deya aniqlik kiritdi u.
Umerovning aytishicha, Ukraina delegasiyasi muzokaralar davomida gumanitar yo‘nalishga ham alohida e’tibor qaratgan.
"Kiyev nafaqat harbiy asirlar, balki tinch aholi, jumladan bolalarni ozod qilish borasida ham siljishlar bo‘lishini kutmoqda", — deya qo‘shimcha qildi ukrainalik rasmiy.