Saudiya Arabistoni shahzodasi Al-Valid ibn Xalid ibn Talal 35 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi davlat agentligi SPA.
U 2005 yilda Londonda avtohalokatga uchrab, og‘ir bosh miya jarohati olgan va shundan beri koma holatida bo‘lgan. Halokat sodir bo‘lganda unga 16 yosh bo‘lgan.
Shahzodaning hayoti 20 yil davomida tibbiy apparatlar yordamida saqlab turilgan. Shifokorlarning umidsiz prognozlariga qaramay, uning otasi davolashni to‘xtatmaslikka qaror qilgan va o‘g‘li sog‘ayib ketadi, deb umid qilgan.
Odamlar uni «uxlayotgan shahzoda» deb ataydi.