Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bog‘chada kichik yoshdagi bolaga nisbatan shafqatsiz tarzda tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan malumot berildi.
🔴Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
✅Aniqlanishicha, joriy yilning 16-iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, voyaga yetmagan 2 yoshli O.M. (2023 yilda tug‘ilgan qiz bola) bog‘cha tarbiyachisi Q.G. tomonidan kaltaklanib, bolaning chap yuz qismiga jarohat yetkazilgan.
✍️Hozirda ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
🚨Voyaga yetmagan O.M.ga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
❗️Bola manfaatiga zid bunday harakatga nisbatan ko‘rilgan qonuniy choralar yuzasidan qo‘shimcha tarzda axborot beriladi.
🔴Bolalar ombudsmani mazkur ish yurituvi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.