Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Yoshlar, shoshiling, siz uchun pulli ish chiqib qoldi!

Yoshlar, shoshiling, siz uchun pulli ish chiqib qoldi!

Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarini qo‘llab-quvvat lash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
2025 yil yakuniga qadar biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha elektron platforma ishlab chiqiladi.

Qoplanadigan xarajatli startap loyiha - 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarosi yoki ushbu fuqaroga tegishli yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan, yangi mahsulot yoki xizmat yaratuvchi keng ko‘lamli innovasion ishlanmalardan foydalangan holda 7 yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan biznes loyihasi.

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar mavjud:

jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banki orqali kreditlar berish, shu jumladan arizalarni ko‘rib chiqish va tijorat bankiga moliyaviy resurslar ajratish tartibi, har bir tur bo‘yicha kreditlar ajratishning o‘ziga xos xususiyatlari;
xarajatlarning bir qismini jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplash qoidalari;
yoshlarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun BHMning 320 baravarigacha miqdorda kreditlar ajratiladigan olis va chekka hududlar ro‘yxati.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari ro‘yxati faoliyat turiga qarab 100 mln so‘mdan 2,5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kreditlarni o‘z ichiga oladi.

Bunda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qisman qoplanishi nazarda tutilgan:

yuqori muvaffaqiyat salohiyatiga ega startap g‘oyasini tajriba namunasi darajasiga yetkazish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, murabbiylarni (mentorlarni) jalb qilish, biroq 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
xalqaro inkubasiya yoki akselerasiya dasturlarida ishtirok etish bilan bog‘liq, biroq 10 ming AQSh dollaridan oshmaydigan.

Kiritildi: 07:52 18.07.2025. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!