Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Istiqbolli tashabbuslar rag‘batlantiriladi

 Istiqbolli tashabbuslar rag‘batlantiriladi

“Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–113-son, 14.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, quyidagilar aholining istiqbolli tashabbuslarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarining asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

🔹 samarali va xalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;

🔹 istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng aholi qatlami uchun ochiq muloqot maydonini yaratish;

🔹 zamonaviy, ilg‘or g‘oyalar va istiqbolli tashabbuslarni saralash va tanlab olishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.

🏛 2025 yildan har yili "Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkazib boriladi.

📙 Forum o‘tkaziladigan ustuvor yo‘nalishlar har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilab beriladi.

Kiritildi: 13:01 17.07.2025. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!