Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
📩 Unga ko‘ra, chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi.
⏳ Shu paytdan boshlab, ogohlantirish yuborilganidan keyin qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun muhlat beriladi.
❌ Abonentlar tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmasa, ularda elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.
Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi.
🗓 Ushbu tartib 2025 yilning 1-iyulidan boshlab chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun 1-avgustdan qo‘llaniladi.