As-Suvayda viloyatida o‘tish davri hukumati kuchlari va druzlar tog‘li o‘zini-o‘zi mudofaa bo‘linmalari o‘rtasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlarda kamida 356 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 55 nafar tinch aholi vakillari va 79 nafari o‘zini-o‘zi mudofaa jangchilari bo‘lgan. Barqarorlikni tiklash uchun Damashqdan yuborilgan Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari 189 kishini, hukumatparast arab qabilaviy tuzilmalari esa 18 milisionerini yo‘qotdi. Isroilning 16 iyul kuni Damashqqa uyushtirgan havo hujumi natijasida ichki xavfsizlik kuchlarining yana 15 nafar xodimi halok bo‘ldi.
Avvalroq respublika Mudofaa vazirligi erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga ko‘ra, aholisining asosiy qismi druzlar bo‘lgan As-Suvayda shahridan barcha harbiy kuchlar olib chiqilishini ma’lum qilgan edi. Bayonotda ta’kidlanganidek, “qo‘shinlar shaharni noqonuniy guruhlardan tozalash ishlarini yakunlagandan so‘ng As-Suvaydani tark etmoqda va polisiya kuchlari uni nazorat qiladi”.
Druzlarning ruhiy rahbari Shayx Yusuf Jarbua harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqidagi kelishuvni olqishladi. “Biz Damashqdagi hukumat bilan bog‘landik va milliy suverenitetga sodiqligimizni tasdiqladik”, dedi shayx X. “Suriya qonunlari va qoidalariga muvofiq As-Suvaydaning barcha hududlarida davlat muassasalarining ishi tiklanadi”.