Qo‘shma Shtatlar 150 ta mamlakat - kichik iqtisodlardan kelgan tovarlarga 10-15 foizlik import bojlarini joriy qilmoqchi.
Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp Real America"s Voicega bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Qolgan (katta emas) deyarli 150 ta davlat uchun bitta raqamni e’lon qilamiz. Shunchaki bitta raqamni e’lon qilamiz va bu 10 yoki 15 foiz bo‘lishi mumkin, hali qaror qilganimiz yo‘q, bu katta ish", - dedi u.