Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

BMT Isroilning Suriyaga bergan zarbalarini qoraladi, faqat qoralapti, chora ko‘ra olmayapti

BMT Isroilning Suriyaga bergan zarbalarini qoraladi, faqat qoralapti, chora ko‘ra olmayapti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Suriya hududiga havo hujumlarini qoralaydi, Arab Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishni to‘xtatishga chaqiradi.

Bu haqda jahon tashkiloti rahbarining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik brifingda ma’lum qildi.

"Bosh kotib Isroilning As-Suvayda va Suriya poytaxti Damashqqa havo hujumlari kuchayayotganini, shuningdek, Isroil armiyasi kuchlarining Golan tepaliklarida qayta joylashtirilishi haqida xabar berilganini qoralaydi. U Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday qoidabuzarliklarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi", - dedi BMT Bosh kotibi.

Kiritildi: 08:40 17.07.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!