Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Iordaniya vodiysiga safari chog‘ida Suriyaga kuchli hujumlar uyushtirayotganini va Damashqning pozisiyasiga qarab bu hujumlarni kengaytirishi mumkinligini ma’lum qilgan.
“U yerda ikkinchi Livan yaratilishiga yo‘l qo‘ymayman. Umid qilamanki, ortiqcha kuch sarflashga hojat qolmaydi.
Biz Suvaydadagi druz birodarlarimizni qutqarish va rejim to‘dalarini yo‘q qilish ustida ishlayapmiz. Isroilning druz fuqarolari, Suvaydadagi vaziyat juda jiddiy. Harbiy havo kuchlari safarbar qilinmoqda, boshqa kuchlar safarbar qilinmoqda. Sizdan bir iltimosim bor: siz Isroil fuqarosisiz. Chegarani kesib o‘tmang. Siz hayotingizni xavf ostiga qo‘yasiz; sizni o‘ldirishlari yoki o‘g‘irlab ketishlari mumkin" degan Bosh vazir.