Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fransiya G‘azo aholisi uchun mamlakatdagi ko‘plab cheklovlarni olib tashladi

Fransiya G‘azo aholisi uchun mamlakatdagi ko‘plab cheklovlarni olib tashladi

Fransiyaning Boshpana masalalari bo‘yicha milliy sudi G‘azo sektori barcha aholisining Fransiyada boshpana so‘rash huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul qildi. Ilgari bunday huquqqa faqat BMTning Falastin qochqinlari ishlari bo‘yicha agentligi (UNRWA) qaramog‘idagi shaxslargina ega edi.

Fransiya sudi qaroriga ko‘ra, endilikda G‘azo sektoridagi barcha aholi Fransiyada “to‘liq qochqin” (refugee status) maqomini ololadi.

Bu esa ularga Fransiyada 10 yillik yashash, Fransiya pasportini olish, ishlash, ta’lim olish, oilani olib kelish hamda davlat ijtimoiy yordamlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

Kiritildi: 22:45 16.07.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!