Ikkinchi zarba mahalliy telekanal videosiga tushib qoldi.
SAXAL bayonotida aytilishicha, Isroil Suriya janubidagi druzlarga qarshi harakatlarni kuzatishda davom etmoqda.
Avvalroq Suriya aholisining asosiy qismi druzlar bo‘lgan Suvayda shahriga qo‘shin kiritgan edi. Damashq amaliyotdan maqsad shaharni qurolli guruhlardan tozalash ekanini aytgan.
Isroil bunga javoban Suriya harbiylariga bir qator zarbalar berib, qo‘shinlar Suvaydadan to‘liq olib chiqilmaguncha hujumlarni davom ettirish bilan tahdid qildi.