Gap xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha, ya’ni narxlardagi farqni hisobga olgan holda qayta hisoblangan YAIM hajmi haqida bormoqda.
2024 yilda Rossiya iqtisodiyoti hajmi o‘tgan yilgi $6,45 trln.ga nisbatan $6,92 trln.ni tashkil etdi, deb yozadi RIA Novosti Jahon bankiga tayanib.
Top-3 likdan Xitoy ($38,2 trln.), AQSh ($29,2 trln.) va Hindiston ($16,2 trln.) joy oldi.
Beshinchi o‘rinni egallagan Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi tafovut bir yil ichida $514 mlrd.ga oshdi.