Denis Shmigal rasman iste’foga chiqdi. Bu haqda Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Davlat qurilish qo‘mitasi Bosh vazir Denis Shmigalning iste’fosini ma’qulladi”, deb yozgan u.
Davlat qurilish qo‘mitasi Ukraina Oliy Radasining davlat boshqaruvi va ma’muriy-hududiy tuzilishi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va hokimiyatni tashkil etish masalalari uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashgan qo‘mitasidir. Keyin Ukraina parlamentida ovoz berish o‘tkaziladi.
Avvalroq Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Oliy Radaga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergani ma’lum bo‘lgan edi.
Uning o‘rniga Yuliya Sviridenko nomzodi bo‘yicha ovoz berish 16 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi lenta.ru.