2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroil armiyasining muhosaradagi G‘azo sektoriga qarshi amalga oshirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 58 573 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azodagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Faqat so‘nggi 24 soat ichida amalga oshirilgan havo va artilleriya hujumlari oqibatida 94 nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana 252 kishi turli darajada jarohat olgan.
Jami jarohatlanganlar soni 139 607 nafarga yetgan.
Isroil 18 mart kuni 19 yanvarda kuchga kirgan otashkesimni buzganidan so‘ng, 7 750 falastinlik halok bo‘ldi, yana 27 566 kishi yaralandi.
Mintaqadagi ko‘plab vayron bo‘lgan binolar ostidan minglab qurbonlarning jasadlari hanuz topilmagan.
Shuningdek, 27 maydan buyon Isroil va AQSh rahbarligidagi “G‘azoga insonparvarlik yordami jamg‘armasi” orqali tarqatilayotgan yordam hududlariga yo‘naltirilgan hujumlarda kamida 851 falastinlik halok bo‘lgan, 5 634 kishi jarohat olgan.