Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Xavfli burilish: Rossiyada meningit holatlari ikki baravar ko‘paydi

Xavfli burilish: Rossiyada meningit holatlari ikki baravar ko‘paydi

Rossiyada 2025 yil boshidan buyon 1,2 ming meningit holati qayd etilgan, bu butun 2024 yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, 2025 yilda meningokokk infeksiyasining A, B va C umumiy shakllari bilan kasallanish darajasi oshgan va 1266 ta holat qayd etilgan. Eng ko‘p infeksiya aprel oyida sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, turli hududlarda meningokokk infeksiyasining turli xil serotiplari aniqlanadi.

Meningit bo‘yicha Moskva yetakchilik qilmoqda, ro‘yxatga olingan holatlarning yarmidan ko‘pi poytaxtga to‘g‘ri keladi.

Voyaga yetgan aholi orasida meningokokk infeksiyasining guruhli epidemiyalari ko‘payganligi qayd etilgan, kasallanganlarning qariyb 60 foizi mehnat muhojirlaridir. Shu munosabat bilan mutaxassislar muhojirlarni emlashni kuchaytirishni, shuningdek, bolalarni maktabgacha va birinchi kurs talabalariga emlashni tavsiya etishni taklif qilmoqdalar.

Avvalroq, Rossiyada 2024 yilda meningokokk infeksiyasidan o‘lim darajasi 15 foizni tashkil etgani, emlanganlar, ya’ni emlash orqali yoki kasallikdan keyin immunitet shakllangan shaxslar soni sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda Rospotrebnadzorning “Rossiya Federasiyasida 2024 yilda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi holati to‘g‘risida”gi hisobotida ma’lum qilingan.

Kiritildi: 18:30 16.07.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!