Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroil armiyasi Suriya bilan chegarada qo‘shimcha kuchlarni joylashtirmoqda

Isroil armiyasi Suriya bilan chegarada qo‘shimcha kuchlarni joylashtirmoqda

Isroil Suriyaning Es-Suveyda shahridagi keskin vaziyat va Damashqqa qilingan havo hujumlaridan so‘ng chegara hududiga qo‘shimcha harbiy kuchlarni jo‘natdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotda aytilishicha, armiya hozirgi vaziyatni baholab, chegaradagi muhofaza choralarini kuchaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qilmoqda. Shu bilan birga, Isroil armiyasi himoyaviy va hujumkor operasiyalarni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Suriyaning Es-Suveyda shahrida ikki kun oldin druz va beduin qabilalari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlangan edi. Har ikki tomon tinch aholi orasidan insonlarni garovga olgani qayd etilgan. Janjallar natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Suriya hukumati vaziyatni barqarorlashtirish uchun hududga qo‘shimcha harbiy va ichki ishlar kuchlarini jo‘natdi. Ammo harbiy kolonnaga qilingan hujumda 18 suriyalik askar halok bo‘ldi, 9 nafari asirga olindi.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv druz jamoasiga tahdid bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va bunday vaziyatda tomoshabin bo‘lib turmaydi. Shu munosabat bilan Isroil harbiy-havo kuchlari Es-Suveyda atrofida joylashgan Suriya armiyasi nuqtalariga beshta havo zarbasini yo‘lladi.

Isroil hukumati Asad rejimiga qarshi chiqib, druzlar yashaydigan hududni Suriya bilan to‘liq integrasiyalashuviga to‘sqinlik qilib kelayotganini ma’lum qilgan. Bosh vazir Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Israel Kas Suriyaga nisbatan hujumlar yanada kuchayishi mumkinligini bildirishgan.

Kiritildi: 18:11 16.07.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!