Qoraqalpog‘istonning yana ikkita tumani — Taxiatosh va Qorao‘zakda ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari jazirama sabab vaqtinchalik yopildi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar 16−18 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani sababli bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sirlarning oldini olish maqsadida sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidrometeorologiya xizmati tomonidan 2025 yilning 16-17-18 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
Avvalroq, Xo‘jayli tumanida Xo‘jaylida barcha davlat bog‘chalari vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik.