Xitoylik olimlar istiqbolli kashfiyot qilishdi – ular karbonat angidridni samarali murakkab uglevodlarga: shakar, fruktoza, glyukoza va oziq-ovqat va kimyo sanoatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan boshqa organik moddalarga aylantirishni o‘rgandilar. Bu bir vaqtning o‘zida ikkita global muammoni hal qiladi: Yer atmosferasidagi karbonat angidrid miqdorini kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.
Xitoy asosan issiq va nam iqlimi bo‘lgan mamlakat sifatida o‘zini shakarqamish yoki lavlagi bilan to‘liq ta’minlashga qodir. Shu jihatdan olimlar CO₂ dan murakkab uglevodlarni samarali sintez qilish jarayonini yaratishga muvaffaq bo‘lishgani ayni muddaodir.
Karbonat angidridni konvertasiya qilishning istiqbolli usuli laboratoriyada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Olimlar texnologiyani tijorat ishlab chiqarish bosqichiga olib chiqishga va’da berishmoqda.