Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Zangezur yo‘lagini ijaraga olishi mumkin

AQSh Zangezur yo‘lagini ijaraga olishi mumkin

Vashington Janubiy Kavkaz orqali o‘tadigan transport yo‘lining asosiy qismini boshqarishga tayyor.

AQSh Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Ozarbayjonni uning Naxchivan eksklavi bilan bog‘laydigan Zangezur yo‘lagini – Armanistondagi 32 kilometrliklik joyni nazorat qilishni taklif qildi.

Tegishli ma’lumotni AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak tasdiqladi va Vashington xususiy Amerika kompaniyasi orqali yo‘lakni 100 yilga ijaraga olishga tayyorligini ta’kidladi.

“Ular 32 kilometr yo‘l ustida bahslashishyapti, lekin bu hazil emas. Bu o‘n yildan beri davom etmoqda – 32 kilometr yo‘l. Va quyidagi holat yuz bermoqda, Amerika kelib: “Yaxshi, biz buni o‘zimizga olamiz. Bizga 32 kilometr yo‘lni 100 yilga ijaraga bering, shunda buni o‘zaro taqsimlashingiz mumkin”, dedi elchi.

Middle East Eye nashrining yozishicha, Armaniston tashabbusga yo‘lning Naxchivandagi qismi ham kiritilishini ta’kidlamoqda, Ozarbayjon tomoni buni nomaqbul deb hisoblaydi. Ozarbayjon, o‘z navbatida, to‘siqsiz kirish kafolatlarini talab qilmoqda va Yerevanning yo‘nalishni to‘liq nazorat qilishiga qarshi.

Xabar qilinishicha, yo‘lak muhokamasi ikki davlat o‘rtasida tinchlik bitimini imzolashga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Mart oyiga kelib, Armaniston va Ozarbayjon loyihaning 17 moddasidan 15 tasi, jumladan, muqaddimasi bo‘yicha kelishib, faqat xalqaro da’volar va uchinchi shaxslarni joylashtirish masalalarini ochiq qoldirdi, deb xabar beradi trt.global.

Iyul oyi boshida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Armanistonning yondashuvidagi o‘zgarishlarni ijobiy baholagan edi: “Armaniston dastlab Zangezur yo‘lagiga qarshi chiqqan bo‘lsa-da, endi u iqtisodiy integrasiyaga nisbatan moslashuvchanroq yondashuvga amal qilmoqda”. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa taraqqiyoti ham Eron, ham butun Janubiy Kavkaz uchun qiziqish uyg‘otadi.

Kiritildi: 17:05 15.07.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!